Biznes uchun

Kafe, mehmonxona va do'kon uchun NFC menyu

Kafe, mehmonxona va boshqa xizmat obyektlari uchun. Mehmon telefonini tegizadi — kerakli sahifa ochiladi. Hech kim ilova o'rnatmaydi.

NFC → shaxsiy profilbugun
NFC → menyuNFC → mehmonxona xonasiNFC → kassa va rekvizitertaga
Kafe, mehmonxona va do'kon uchun NFC menyu

Ishlab turibdi — hozir ochib ko'ring

Kafe va mehmonxona modullari tayyor: menyu yoki xizmatlar ro'yxati, har bir stol va xonaga alohida QR va NFC, mehmondan keladigan chaqiruv, kassa telefonida ovozli ro'yxat va hisobot. Quyidagi demo — haqiqiy obyekt, telefoningizda oching.

Demo menyuni ochish

Qanday ishlaydi

Bitta obyekt, ko'p nuqta

Nuqta — stol, xona, eshik yoki kabinet. Har birining o'z NFC belgisi va o'z sahifasi bo'ladi, hammasi bitta paneldan boshqariladi.

Nuqta

Stol 1–20, xona 101–250, eshik, basseyn. Har biri alohida manzil — tizim qaysi biridan kelinganini o'zi biladi.

So'rovlar qutisi

Ofitsiantni chaqirish, xona tozalash, izoh. So'rov qaysi nuqtadan kelgani biriktiriladi va Telegram'ga tushadi.

Hisobot

O'rtacha necha daqiqada javob berilgan, eng uzoq kim kutgan, qaysi stol ko'p chaqirgan va qaysi soatlarda gavjum.

Narx

O'rin emas, obyekt

To'lov obyekt uchun olinadi va nuqta soniga qarab bosqichlarga bo'linadi. Qurilmalar (taglik, stiker, teg) alohida va bir martalik.

Xonadagi taglik yoki eshikdagi teg — charm papkani almashtiradi

Mehmonxona

Mehmon ko'radi

  • Wi-Fi paroli — NFC bilan o'zi ulanadi
  • Chiqish vaqti, nonushta vaqti
  • Xonaga xizmat menyusi
  • Xona tozalash so'rovi
  • Kir yuvish, taksi, uyg'otish
  • Shahar bo'yicha yo'riqnoma — uch tilda

Egasi ko'radi

  • So'rovlar qutisi — xona raqami o'zi biriktiriladi
  • Bajarildi / kutilmoqda holati
  • Restoran va spa bronlari
  • Xona bo'yicha statistika

Xodim ishlatadi

  • Farrosh telefonini eshikdagi tegga tegizadi — xona «tozalangan» bo'lib belgilanadi, vaqti bilan
  • Qog'oz varaq ham, alohida qurilma ham kerak emas

Nega arziydi

Chet ellik mehmonga ruscha va inglizcha kerak — uchala til allaqachon ishlaydi. Bosma papka esa har mavsumda eskiradi.

Qurilma faqat mehmon uchun emas: ichki jarayon uchun ham ishlaydi, ya'ni bitta xarid ikki ish qiladi.

Hotel Registon

app.flex-nfc.uz

Xona 214
Wi-Fi — bir tegishda

Chiqish vaqti

12:00

Nonushta

Restoran, 2-qavat

07:00 – 10:00

Xonaga xizmat

Kechayu kunduz

24/7

Xonani tozalashKir yuvishTaksiUyg'otish
So'rov yuborish
Shahar bo'yicha yo'riqnoma

299 000 so'm

oyiga · 9 967 bitta nuqtaga

15 nuqtagacha

149 000 so'm

40 nuqtagacha

299 000 so'm

40 dan ortiq

Narxi kelishiladi

Shu bo'yicha so'rov qoldirish

Yana qayerda

Boshqa xizmat obyektlari

Mezon bitta: «buyumga tegiziladi → sahifa ochiladi va bitta ish bajariladi» degan shakl o'sha joyda haqiqiy muammoni yechadimi, yo'qmi.

Yo'nalishNuqtaNima qiladi
Go'zallik saloni, sartaroshxonaUsta o'rindig'iNarxlar, ustaga yozilish, ishlari, izohlar
Klinika, stomatologiyaShifokor eshigiShifokor profili, narx, navbat, tayyorgarlik
Muzey, turistik joyEksponat lavhasiUch tilda matn va audio yo'riqnoma
Ko'chmas mulk agentligiObyektdagi lavhaE'lon, rasmlar, agent kontakti
Fitnes klubTrenajyor, murabbiyMashq videosi, murabbiyga yozilish
Biznes markazYig'ilish xonasi eshigiXona bandmi, hozir band qilish

So'rov

Obyektingiz uchun hisob-kitob

Bir ish kuni ichida bog'lanamiz.

Biznes

Bitta karta emas — butun jamoa

Xodimlaringizga bir xil brend bilan raqam va NFC karta chiqaring, tadbirlarda yig'ilgan kontaktlarni bitta panelda ko'ring.

Jamoangiz uchun hisob-kitob

29 000 so'mbir o'ringa, oyiga.
Eng kami 5 o'rin, to'lov firmadan.
O'rin sotib olinadi, odam emas.
Xodim ketsa o'rin bo'shaydi, keyingisiga beriladi.
Raqam firmaniki.
Xodim ketganda uning ma'lumoti o'chadi, raqam va karta firmada qoladi.