Ommaviy oferta va shartlar

Bu sahifa "MC LEGAL" AB va xaridor o'rtasidagi shartlarni belgilaydi. Saytda buyurtma berish va to'lovni amalga oshirish shu shartlarga rozilik bildirish hisoblanadi.

Ushbu hujjatning asl matni o'zbek tilida tuzilgan. Rus va ingliz tilidagi versiyalar qulaylik uchun berilgan; nizo yuzaga kelganda o'zbek tilidagi matn asosiy hisoblanadi.

Xizmat nima

Flex — noyob raqam va u ochadigan shaxsiy profil. Raqam 3 ta harf va 3 ta raqamdan iborat, masalan FLX007. U app.flex-nfc.uz/FLX007 manzilida xaridorning profilini ochadi.

Raqamni jismoniy qurilmada olib yurish mumkin: NFC karta, uzuk yoki braslet. Qurilma alohida mahsulot sifatida sotiladi.

Narxlar

Raqam narxi 100 000 so'mdan boshlanadi va harflar hamda raqamlarning kamyobligiga qarab avtomatik hisoblanadi. Formula ochiq: boshlang'ich narx × harf koeffitsienti × raqam koeffitsienti. Yakuniy summa to'lovdan oldin ko'rsatiladi.

Narxlar O'zbekiston so'mida ko'rsatilgan.

Karta
200 000 so'm
Uzuk
350 000 so'm
Braslet
250 000 so'm

Obuna

Raqam va qurilma bir marta to'lanadi. Profilning ishlab turishi uchun platformaga obuna alohida to'lanadi: oyiga 49 000 so'm yoki yiliga 490 000 so'm.

Obunasiz ham profil ishlaydi va raqam sizniki bo'lib qoladi — u hech qachon o'chirilmaydi. Oddiy tarifda 5 tagacha havola, 5 tagacha xizmat va narx, QR-kod va umumiy tashriflar soni mavjud. Obuna cheksiz havolalar, 8 tagacha xizmat, to'liq analitika, kelgan kontaktlar va ularni chiqarish, o'z fon rasmingiz hamda sahifadagi Flex yozuvini olib tashlashni ochadi.

Obuna to'xtatilsa, profil oddiy tarifga qaytadi. Ma'lumotlar o'chirilmaydi.

To'lov

To'lov Payme yoki Click orqali amalga oshiriladi. To'lov tasdiqlangunga qadar raqam 30 daqiqaga band qilinadi va shu vaqt ichida boshqa hech kimga sotilmaydi. To'lov amalga oshmasa, band bekor bo'ladi va raqam yana bo'shaydi.

Firmalar hisob-faktura va bank o'tkazmasi orqali to'laydi; hujjat kabinetdan beriladi.

Yetkazib berish

Qurilma buyurtma tasdiqlangandan so'ng yetkaziladi: Toshkent shahri bo'yicha 1 kun, viloyatlarga 2–3 kun.

Raqam va profil to'lov tasdiqlangan zahoti ishlay boshlaydi — qurilmani kutish shart emas.

Qaytarish va almashtirish

Raqam qaytarilmaydi. To'lov amalga oshgan zahoti raqam xaridorga biriktiriladi va boshqa hech kimga sotilmaydi. Aynan shu cheklanganlik raqamning qiymatini tashkil qiladi, shuning uchun uni qaytarish boshqa xaridorlarning huquqini buzadi.

Qurilmada zavod nuqsoni chiqsa — NFC chip ishlamasa, korpus shikastlangan bo'lsa yoki bosma nuqsonli bo'lsa — uni qabul qilgandan so'ng 3 kun ichida xabar bering, biz yangisiga almashtiramiz. Almashtirish bepul.

Foydalanish natijasida yuzaga kelgan shikast (chizilish, sinish, suvda qolish) zavod nuqsoni hisoblanmaydi.

Raqamni boshqa odamga o'tkazish

Raqam egasi uni istalgan vaqtda boshqa odamga o'tkazishi mumkin — kabinetdan, qabul qiluvchining elektron pochtasi orqali. O'tkazishda profil ma'lumotlari (ism, bio, havolalar, postlar, obunachilar) o'chiriladi va yangi egaga o'tmaydi.

Sotuvchi rekvizitlari

Bu ma'lumotlar sotuvchini tanishtirish uchun keltirilgan. Bu yerga pul o'tkazish shart emas — to'lov Payme yoki Click orqali, saytdagi tugma bilan amalga oshiriladi.

Tashkilot
"MC LEGAL" AB
STIR (INN)
312559000
OKED
69101
Bank
Ipoteka-bank AKIB Mehnat filiali
Hisob raqami
20212000507346035001
MFO
00423
Manzil
Toshkent shahri, Bektemir tumani, Abay MFY, Rohat ko'chasi, 23-uy, 85-xonadon

Aloqa

Savol yoki shikoyat bo'lsa shu manzillarga murojaat qiling. Har bir murojaat bir ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.

Mas'ul shaxs
Abrorov Javohir
Telefon
+998 97 724 79 99
Elektron pochta
flexnfc@gmail.com